Kurash. O'zbek sportchilari 3-Osiyo o'yinlarida muvaffaqiyatli ishtirok etib qaytishdi
Bahrain davlatining Manama shahrida bo'lib o'tgan Yoshlar o'rtasida 3-Osiyo O'yinlarini muvaffaqiyatli yakunlagan kurashchilarimiz yurtimizga qaytib keldi.
Islom Karimov nomidagi Toshkent Xalqaro Aeroportida yosh kurashchilarimizni O'zbekiston kurash federatsiyasi xodimlari tomonidan tantanali kutib olish marosimi bo'lib o'tdi.
Sportchilarni O'zbekiston kurash federatsiyasi raisining sport masalalari bo'yicha o'rinbosari Uyg'un Umarov, O'KF xodimlari va Terma jamoa murabbiylari kutib oldi. Sportchilarmizni erishgan yuksak natijalari bilan tabriklab, kelajakda Kurash sporti Olimpiya O'yinlariga kirganda ham shunaqangi yuqori natijalarga erishini tiladi.
Eslatib o'tamiz, Kurashchilarmiz Yoshlar o'rtasida 3-Osiyo O'yinlari dasturida ilk bor ishtirok etib, 4 ta vaznda (2 ta o'g'il bolalar va 2 ta qiz bolalar) 4 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.