locale OZ

Kurash. Osiyo chempionatida rekord: olti yuz nafardan ortiq qatnashchi ro‘yxatdan o‘tdi

Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Osiyo chempionatida rekord: olti yuz nafardan ortiq qatnashchi ro‘yxatdan o‘tdi
PHOTO: Telegram

Joriy yilning 30 iyulidan 5 avgustiga qadar Koreya Respublikasining Geosan shahrida o‘tkaziladigan Kurash bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasidagi Osiyo chempionatiga tayyorgarlik ishlari jadal davom etmoqda. Xalqaro Kurash assosiasiyasi taqvimidagi eng muhim musobaqalardan biri bo‘lgan ushbu chempionat tarixiy rekord bilan boshlanadi — unga 25 ta mamlakatdan 600 nafardan ortiq ishtirokchi ro‘yxatdan o‘tdi. Ulardan 500 nafariga yaqini sportchilardir.

Chempionatni yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida Xalqaro Kurash assosiasiyasi rahbarligida Osiyo Kurash konfederasiyasi, Koreya Kurash federasiyasi, Geosan shahri ma'muriyati va Jungwon universiteti hamkorligida tashkilotchilik ishlari olib borilmoqda.

Ishtirokchilarni qo‘shimcha ro‘yxatga olish muddati 10 iyun kuni yakunlandi. Hozirda viza hujjatlarini rasmiylashtirish va logistika ishlari bilan bog‘liq jarayonlar boshlangan.

Bellashuvlar Koreyaning yetakchi ta'lim maskanlaridan biri — Jungwon universiteti sport majmuasida o‘tkaziladi. Bu maskan nafaqat Koreya, balki jahon reytingidagi nufuzli universitetlardan biri hisoblanadi. Universitet bazasida tashkil etilgan sharoitlar ishtirokchilar uchun barcha qulayliklarni qamrab olgan — musobaqa ishtirokchilari uchun u o‘zining olimpiya qishlog‘iga xos muhiti bilan ajralib turadi.

Chempionat dasturiga ko‘ra:

2–3 avgust kunlari — yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida bellashuvlar o‘tkazilsa, 4 avgust kuni — kattalar o‘rtasida qit'a chempionlari nomi aniqlanadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting