locale OZ

Kurash. Osiyo chempionati boshlanishiga 5 kun vaqt qoldi

2026 yil 11–15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahri kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Osiyo chempionati boshlanishiga 5 kun vaqt qoldi
photo: Kurash Uzbekistan

Osiyo chempionati boshlanishiga 5 kun vaqt qoldi

2026 yil 11–15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti — Dushanbe shahri kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ayni kunlarda musobaqaga tayyorgarlik ishlari hal qiluvchi bosqichga kirgan. Dushanbe shahri bo‘ylab chempionat muhiti yaqqol sezilmoqda. Xususan, Dushanbe xalqaro aeroporti, markaziy ko‘chalar va yirik LED ekranlarda chempionatga bag‘ishlangan banner va roliklar namoyish etilmoqda.

Kecha Xalqaro Kurash assotsiatsiyasining dastlabki ishchi guruhi Dushanbe shahriga yetib keldi. Tashrif doirasida Tojikiston Kurash federatsiyasi va tashkiliy qo‘mita vakillari hamrohligida chempionat tadbirlari o‘tkaziladigan obyektlar ko‘zdan kechirildi.

Musobaqa bellashuvlari bo‘lib o‘tadigan “Dushanbe Tennis Palace and Water Sport Complex” majmuasida hozirda texnik tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda. Kurash gilamlari, yoritish tizimi, media platformalar, televizion translyatsiya va ishtirokchilar uchun infratuzilma xalqaro standartlar asosida tayyorlanmoqda.

Shuningdek, Osiyo Kurash konfederatsiyasi Boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishi, Kongress, texnik yig‘ilish hamda qur’a tashlash marosimlari “Hyatt Regency Dushanbe” mehmonxonasida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

🎙Tojikiston Kurash federatsiyasi vitse-Prezidenti Axtam Kokirovning ta’kidlashicha, chempionatga tayyorgarlik ishlari tasdiqlangan reja asosida olib borilmoqda va ishtirokchilar uchun barcha zarur sharoitlar yaratilmoqda.

Bugun tunda esa IKA Administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev boshchiligidagi navbatdagi ishchi guruhning Dushanbe shahriga tashrifi kutilmoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting