locale OZ

Kurash. Navoiy shahridagi So’g’diyona sport majmuasida Dopingning sportchi salomatligiga salbiy ta'siri va oqibatlari mavzusida seminar bo‘ldi

Seminarda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi vakillari, Navoiy viloyati sport boshqarmasi xodimlari hamda O'zbekiston kubogi musobaqasiga kelgan viloyat trenerlari, hakamlari va sportchilar qatnashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Navoiy shahridagi So’g’diyona sport majmuasida Dopingning sportchi salomatligiga salbiy ta'siri va oqibatlari mavzusida seminar bo‘ldi
photo: Kurash Uzbekistan

Navoiy shahridagi “So’g’diyona” sport majmuasida “Dopingning sportchi salomatligiga salbiy ta'siri va oqibatlari” mavzusida seminar bo‘lib o‘tdi.

Seminarda O‘zbekiston Kurash federatsiyasi vakillari, Navoiy viloyati sport boshqarmasi xodimlari hamda O'zbekiston kubogi musobaqasiga kelgan viloyat trenerlari, hakamlari va sportchilar ishtirok etdi.

Yurtimiz hamda xalqaro maydonlarda bo‘lib o‘tadigan kurash musoboqalariga sportchilarni yuqori saviyada tayyorlash, ularga shart-sharoitlar yaratish borasida federatsiya tomonidan amaliy ishlar qilinayotgani, bu ayniqsa xalqaro maydonlarda kurash sport turida erishilayotgan g’alabalar hamda yutuqlarda aks etayotgani ta’kidlandi.

O'zbekiston kurash federatsiyasi Bosh kotibi A.Eshonqulov jumladan, sportchilar o‘rtasida antidoping bo‘yicha tushuntirishlar berish, uning salbiy oqibatlari nafaqat sportchi uchun, balki jahon arenalarida O‘zbekiston terma jamoasi hamda Kurash federatsiyasining obro‘siga putur yetkazishiga olib kelishi mumkinligi yuzasidan tushuntirishlar berdi. Shuningdek, har bir sportchi antidoping tartib-qoidalaariga so’zsiz amal qilishi lozimligi, har qanday salbiy holatdan saqlanishi kerakligi, sog’lig’i bilan muammo bo’lgan taqdirda federatsiyaning shifokori bilan maslahatlashishi muhim ekanligini e’torof etdi.

Seminarda sportchilarning sog’lig’ida muammo bo’lgan taqdirda eng avvalo federatsiya shifokori bilan maslahatlashishi, qolaversa O‘zbekiston Milliy Antidoping agentligi vakillarini bundan xabardor qilishi, har qanday dori iste’mol qilishdan avval dori-uznada.uz sayti orqali ruxsat etilgan dori vositalari haqida batafsil malumot olibgina dori hamda vitaminlarni iste’mol qilishi lozimligi ta’kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting