locale OZ

Kurash. Namanganda zamonaviy sport kurashlari markazi foydalanishga topshirildi

Mazkur markaz 100 nafarga yaqin sportchining bir vaqtning o‘zida shug‘ullanishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda viloyat bo‘yicha 3 000 nafardan ortiq sportchi muntazam shug‘ullanmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Namanganda zamonaviy sport kurashlari markazi foydalanishga topshirildi
photo: Kurash Uzbekistan

Namangan shahridagi “Barkamol avlod” sport majmuasi hududida zamonaviy talablar asosida bunyod etilgan yangi Sport kurashlari markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Tantanali ochilish marosimida viloyat prokurori Umirbek Madraximov, shahar hokimi Ayubxon Kamalov, soha mutasaddilari, nuroniylar hamda yoshlar ishtirok etdi.

Yangi markaz sportchilar uchun eng qulay sharoitlar bilan ta’minlandi, mashg‘ulotlar uchun zamonaviy jihozlangan zallar, muhandislik-kommunikatsiya tarmoqlarining modernizatsiyasi amalga oshirildi.

Mazkur markaz 100 nafarga yaqin sportchining bir vaqtning o‘zida shug‘ullanishiga mo‘ljallangan bo‘lib, bugungi kunda viloyat bo‘yicha 3 000 nafardan ortiq sportchi muntazam shug‘ullanmoqda. Bu esa yangi markaz viloyatda sport infratuzilmasini yanada mustahkamlashda muhim qadam ekanini ko‘rsatadi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting