Kurash. Namangan viloyati chempionatining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Uychi tumani 1-sonli sport maktabida belbog‘li kurash sport turi bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida Namangan viloyati chempionatining taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.
Ikki kun davom etgan mazkur chempionatda viloyatimizning barcha shahar va tumanlaridan 300 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etib, o‘z vazn toifalarida g‘oliblik uchun murosasiz bahs olib bordilar. Bellashuvlar davomida sportchilar o‘zlarining mahorati, kuchi va matonatini namoyish etib, tomoshabinlarga qiziqarli va murosasiz bahslarni taqdim etdilar.
Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindor bo‘lgan sportchilar diplom, medal hamda esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
Shuningdek, ushbu chempionatda yuqori natija qayd etgan sportchilar joriy yil aprel oyida Qoraqalpog‘iston Respublikasida bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston chempionatida Namangan viloyati sharafini himoya qilish huquqini qo‘lga kiritdilar.
Mazkur musobaqa yosh sportchilar o‘rtasida belbog‘li kurash sport turini yanada ommalashtirish, iqtidorli sportchilarni saralab olish hamda ularning musobaqa tajribasini oshirishga xizmat qildi.