locale OZ

Kurash. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Milliy belbog‘li kurash bo'yicha 5 karra Jahon chempioni bo'ldi

Musobaqada 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etib, eng kuchlilar o‘rtasida shiddatli bahslar kechdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Milliy gvardiya harbiy xizmatchisi Milliy belbog‘li kurash bo'yicha 5 karra Jahon chempioni bo'ldi
photo: Kurash Uzbekistan

BAAning Fujayra shahrida Milliy belbog‘li kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasida Jahon chempionati o'tkazildi.

Musobaqada 30 dan ortiq davlat vakillari ishtirok etib, eng kuchlilar o‘rtasida shiddatli bahslar kechdi.

Yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan Milliy gvardiya Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi harbiy xizmatchisi — Mamadjonova Dilafruz 66 kg vazn toifasida barcha raqiblarini mag‘lub etib, faxrli 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi.

Shu bilan birga Dilafruz:
5 karra Jahon chempioni degan ulkan unvonga sazovor bo‘ldi!

Bu yutuq — nafaqat sportchimiz, balki Milliy gvardiya va butun O‘zbekiston sportining yuksak muvaffaqiyatidir. Harbiy intizom, matonat va cheksiz mehnatning yorqin samarasidir.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting