locale OZ

Kurash. Joo-Hee Park xonim IKA shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi

Ayni kunlarda O‘zbekiston poytaxti Toshkent yirik xalqaro sport tadbirlariga mezbonlik qilmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Joo-Hee Park xonim IKA shtab-kvartirasiga tashrif buyurdi
photo: Kurash Uzbekistan

Ayni kunlarda O‘zbekiston poytaxti Toshkent yirik xalqaro sport tadbirlariga mezbonlik qilmoqda. Osiyo Olimpiya Kengashining 46-Bosh assambleyasi hamda Jahon Antidoping agentligi (WADA) xalqaro forumida ishtirok etish maqsadida Kurash vataniga tashrif buyurgan Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) Tibbiyot va Antidoping qo‘mitasi Raisi Joo-Hee Park bugun IKA shtab-kvartirasida bo‘ldi.

Tashrif doirasida Joo-Hee Park Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev hamda Xalqaro Kurash instituti Rektori Habibulla Tadjiyev bilan uchrashuv o‘tkazdi. Muloqot chog‘ida tibbiyot va antidoping yo‘nalishidagi o‘zaro hamkorlik, shuningdek, yaqin istiqbolga mo‘ljallangan rejalar yuzasidan fikr almashildi.

Shuningdek, mehmon IKA faoliyati, ta’lim va ilmiy yo‘nalishlar hamda Xalqaro Kurash muzeyida saqlanayotgan eksponatlar bilan yaqindan tanishdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting