locale OZ

Kurash Islom birdamlik o‘yinlari dasturiga kiritildi

Kurash bellashuvlari Erkaklar –66 kg, –81 kg va ayollar uchun –57 kg, –70 kg vaz toifalarida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash Islom birdamlik o‘yinlari dasturiga kiritildi
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) mamnuniyat bilan ma’lum qiladiki, Kurash sport turi joriy yilning 7-21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonida bo‘lib o‘tadigan Islom birdamlik o‘yinlarida namoyish sporti sifatida kiritildi.

Bu muhim qaror Kurashning Islom birdamligi Sport Assotsiatsiyasi (ISSA)ga a’zo mamlakatlar orasida yanada keng targ‘ib etilishi va uning xalqaro sport maydonidagi nufuzini oshirish yo‘lidagi navbatdagi qadam bo‘ldi.

IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nasirining Osiyo va Afrikadagi barcha milliy Kurash federatsiyalariga yuborgan rasmiy xatida qayd etilishicha, ushbu musobaqada ishtirok etish imkoniyati barcha islom mamlakatlari federatsiyalari uchun ochiq hisoblanadi.

Tashkilotchilar bilan kelishuvga ko‘ra, har bir mamlakat delegatsiyasi uchun 6 nafar ishtirokchiga bepul turar joy va ovqatlanish ta’minlanadi. Ular 2 nafar murabbiy, 2 nafar erkak va 2 nafar ayol sportchidan iborat.

Kurash bellashuvlari Erkaklar –66 kg, –81 kg va ayollar uchun –57 kg, –70 kg vaz toifalarida bo‘lib o‘tadi.
Barcha ro‘yxatlar faqat Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi orqali qabul qilinadi. Milliy Olimpiya qo‘mitasi orqali ro‘yxatdan o‘tish talab etilmaydi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting