locale OZ

Kurash. IKA Boshqaruv qo‘mitasi XV Jahon chempionati yuzasidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar jamoatchilikka yig‘ilishdan keyin tezkor tarzda taqdim etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. IKA Boshqaruv qo‘mitasi XV Jahon chempionati yuzasidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi
photo: Kurash Uzbekistan

IKA Boshqaruv qo‘mitasi XV Jahon chempionati yuzasidan shoshilinch yig‘ilish o‘tkazadi.

🇮🇷Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi (IKA) taqvimiga muvofiq, Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati joriy yilning 31 yanvar — 5 fevral kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnord shahrida o‘tkazilishi belgilangan edi. Mazkur nufuzli musobaqaga tayyorgarlik ishlari yuqori sur’atda olib borilayotgani haqida avval xabar qilingan.

Biroq, 28 dekabr sanasidan e’tiboran Eron Islom Respublikasi hududida iqtisodiy muammolar bilan bog‘liq aholi norozilik namoyishlari kuzatilmoqda. Vujudga kelgan vaziyat munosabati bilan Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi ushbu holatni doimiy ravishda diqqat markazida ushlab, Eron Islom Respublikasi Yoshlar va sport vazirligi hamda Eron Kurash federatsiyasi bilan uzviy va muntazam aloqada bo‘lib kelmoqda.

Shu munosabat bilan, bugun Toshkent vaqti bilan soat 16:00 da IKA Prezidenti raisligida Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati masalasiga bag‘ishlangan Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Boshqaruv qo‘mitasining shoshilinch yig‘ilishi o‘tkazilishi belgilandi. Yig‘ilishda Boshqaruv qo‘mitasi a’zolari, shuningdek, tegishli hamkor tashkilotlar vakillarining ishtiroki ko‘zda tutilgan. Iltimos, shuni inobatga olingki, IKA uchun a’zolarimizning xavfsizligi ustuvor masala hisoblanadi.

Yig‘ilish yakunlari bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlar jamoatchilikka yig‘ilishdan keyin tezkor tarzda taqdim etiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting