locale OZ

Kurash. IKA Bosh kotibi TAFISA onlayn-yig‘ilishida ishtirok etdi

Tadbirda TAFISA Bosh kotibi Jan-Fransua Loran hamda tashkilotning bosh ofis vakillari qatnashdilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. IKA Bosh kotibi TAFISA onlayn-yig‘ilishida ishtirok etdi
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) TAFISA – (Hamma uchun sport xalqaro tashkiloti)ning onlayn yig‘ilishida ishtirok etdi. Tadbirda TAFISA Bosh kotibi Jan-Fransua Loran hamda tashkilotning bosh ofis vakillari qatnashdilar.

Yig‘ilish doirasida TAFISAga a’zo bo‘lish tartibi, to‘lov va qoidalar, a’zolikning xalqaro sport tashkilotlari uchun berishi mumkin bo‘lgan imkoniyatlari atroflicha muhokama qilindi. Shuningdek, kun tartibining muhim mavzularidan biri sifatida ayollarning sportdagi o‘rni, gender tengligi va inklyuzivlik siyosati haqida fikr almashildi.

Onlayn yig‘ilishda qator xalqaro sport federatsiyalari — sport raqslari, frisbi, jiu-jitsu, boules, bodibilding, velosport federatsiyalari va boshqa tashkilotlar vakillari ishtirok etdilar.

IKA Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri muloqotda IKAning TAFISA bilan hamkorlikni mustahkamlashga, jahon sport hamjamiyatida kurashning nufuzini oshirishga tayyor ekanini ta’kidladi. TAFISAning 170dan ortiq mamlakatdagi 380dan ziyod a’zo tashkilotni birlashtirishi, jismoniy faollik va “Hamma uchun sport” tamoyilini targ‘ib etishi IKA uchun muhim xalqaro maydon yaratadi.

Ushbu uchrashuv Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining global sport harakatidagi faol hamkorlik imkoniyatlarini kengaytirish, an’anaviy sport sifatida kurashni xalqaro sport dasturlariga yanada chuqurroq integratsiya qilish yo‘lidagi muhim qadam bo‘ldi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting