Kurash III yoshlar Osiyo o‘yinlari dasturiga kiritildi
Turnir 22-31-oktyabr kunlari Bahraynda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Bu haqda kurashni rivojlantirish, uning ommaviyligini ta’minlashda xizmat qilib kelayotgan murabbiy-mutaxassislar, nufuzli musobaqalarda vatanimiz sport sharafini munosib himoya qilib kelayotgan sportchilarni taqdirlash marosimida e’lon qilindi.
Milliy olimpiya qo‘mitasi bosh kotibi O.Qosimov tadbir davomida Osiyo olimpiya kengashi va III yoshlar Osiyo o‘yinlari tashkiliy qo‘mitasi bilan olib borilgan muzokaralar natijasida kurash 22-31-oktyabr kunlari Bahraynda o‘tadigan yoshlar o‘rtasidagi qit’a o‘yinlari dasturiga kiritilishi borasida kelishuvga erishilganligini milliy qadriyatlarimizning xalqaro maydondagi obro‘-e’tibori yuksalishida muhim qadam bo‘lganini bildirib o‘tdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor