Kurash hakamligida yagona standartlar joriy etiladi
Toshkent shahrida “Kurash sportida hakamlik me’yorlari” mavzusida Global sammit o‘z ishini boshladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Photo: gettyimages
Toshkent shahrida “Kurash sportida hakamlik me’yorlari” mavzusida Global sammit o‘z ishini boshladi. Tadbir Xalqaro Kurash instituti tomonidan Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi hamkorligida tashkil etildi. Unda jahonning yetakchi hakamlari va ekspertlari ishtirok etmoqda.
Kunning birinchi yarmida kurash yaktagi va gilamiga oid masalalar muhokama qilindi.
Muhokamalarda Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Bosh kotibi Muhammad Reza Nassiri, Texnik direktor Ravi Kapur, Administratsiya rahbari Mansur Mirzayev, Xalqaro Kurash instituti rektori Habibulla Tadjiyev, KSA Texnik direktori Ali Shaxirkani hamda institut ekspertlari ishtirok etdilar.
Sammit doirasida dunyoning barcha qismida yagona hakamlik standartlarini joriy etish zarurligi ta’kidlandi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor