locale OZ
locale OZ
Mehmon
Mehmon Izoh qoldirish uchun kiring yoki ro'yxatdan o'ting
Menyu

Kurash. Hadou Benkrou: "Bizga yaktaklar hamda gilamlar yetishmayapti"

Boshqa sport turlari 23 may 2025 da 15:37
Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Kurash. Hadou Benkrou: "Bizga yaktaklar hamda gilamlar yetishmayapti"
PHOTO: Telegram

Afrika qit'asining shimolida joylashgan Mauritania davlatidan kelgan qirq bir yoshli mutaxassis Hadou Benkrou kurash sport turiga bo'lgan qiziqishi, Toshkentda olgan litsenziyasi, qiynayotgan muammolari hamda kelajakdagi rejalari haqida Xalqaro kurash assosatsiyasiga ingliz tilida intervyu berdi. Ushbu suhbat tarjimasini e'tiboringizga havola qilamiz:

"Yigirma olti yildan beri dzyudo musobaqalarida ishtirok etib kelaman. Dzyudoda ikkinchidan qora belbog' sohibiman va murabbiy sifatida ham faoliyat yuritaman. O'tgan yili kurash bilan yaqindan tanishgan edim. Ba'zi bir misrlik do'stlarimning yaktak (kurash kiyimi) kiyib olib suratga tushganini ko'rganimdan keyin bu sport turiga qiziqa boshladim. Do'stlarimdan bu sport turi haqida ko'proq ma'lumotlarni oldim va o'rgandim. Kurash qoidalarini va hakamlik tizimi haqida ta'lim olganimda kurash butunlay tushunarli va menga yaqin ekanligini his qildim.

Kurashning meni o'ziga tortgan yana bir boshqa jihati shundaki, ayollarga Islom urf-odatlari qoidalariga muvofiq tarzda musobaqada ishtirok etish uchun ruhsat etilgan. Bu sport turining mohiyati ham go'zal. Kurashish, o'rnidan turish hamda g'alaba qilish. Bu oddiylik kurashning ustun jihatlaridan biridir.

Uch oylik onlayn kurslar men uchun juda ham muhim tajriba bo'ldi. O'zbekistondagi hqiqiy kurash maktabi bilan tanishish imkoniyati bo'lgani uchun rahmat. Mamlakatimda kurashni amaliyot qilish uchun bir nechta litsenziyalarga ega bo'ldim va hattoki kurash federatsiyasidan ro'yxatdan o'tdim.

Bilasizmi, bu yildan e'tiboran hayotimni kurashga bag'ishladim. Hozirgi kunda poytaxt Nouakchottda uchta yonma-yon kurash zallarimiz mavjud. Faqat bizga yaktaklar va gilamlar yetishmayapti halos. Chunki bizning yurtimizda hali bunday jihozlar ishlab chiqarilmaydi. Hozirda kurash bilan shug'illanishni xohlovchilar soni juda ham ko'p. Umid qilamanki, Xalqaro kurash assosatsiyasi hamda Afrika kurash birlashmasi bu muammolarni hal qilishda bizga yordam beradi.

Afrikada sportni iqtisodiy hamda ruhiy tomonlama qo'llab-quvvatlash har doim yetishmaydi, shuning uchun ham xalqaro yordam biz uchun juda ham muhim.

O'zbekistonda kursni o'qish davomida kurashning asl mohiyatini angladim. Endigi niyatim to'plagan bilim va tajribalarimni mamlakarimdagi mahalliy murabbiylar va hakamlar bilan bo'lishish. Maqsadim Mauritaniada kurashni rivojlantirish hamda uni yangi avlodga tanishtirish.

Toshkent shahri tinch tabiati, tozaligi, do'stona va mehmondo'st odamlari bilan o'ziga tortdi. Afsuski, boshqa ko'plab hududlarga borish uchun vaqtim bo'lmadi, lekin insonlarning mehmondo'stligi menga chuqur ta'sir qildi.

Tarjimon bilan ta'minlanganim uchun mashg'ulotlar davomida hech qanday til bilan bog'liq muammolarga duch kelmadim. Tashkilotchilarga tashakkur bildiraman",-deydi mutaxassis

Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting