Kurash. Ertadan Islom Birdamlik o‘yinlarida kurash bellashuvlari start oladi
Bellashuvlarda erkaklar: –66 kg, –81 kg va ayollar: –57 kg, –70 kg vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Xabaringiz bor, joriy yilning 6–21 noyabr kunlari Saudiya Arabistonining poytaxti Ar-Riyod shahrida Islom davlatlarining eng yirik sport forumi — 6-Islom Birdamlik o‘yinlari bo‘lib oʻtadi.
Ushbu nufuzli musobaqa 20 yildan keyin yana Saudiya Arabistonida tashkil etilmoqda. Ilk bor o‘yinlar 2005 yilda Jidda, Madina, Makka va Toif shaharlarida bo‘lib o‘tgan edi.
Bu yil Kurash sport turi tarixda birinchi bor Islom Birdamlik o‘yinlarining dasturiga namoyish sporti sifatida kiritildi. Bellashuvlarda erkaklar: –66 kg, –81 kg va ayollar: –57 kg, –70 kg vazn toifalarida bo‘lib o‘tadi.
Kurashning Islom Birdamlik o‘yinlari dasturiga kiritilishi milliy sportimizning xalqaro maydonda yanada kengayishi yo‘lidagi muhim qadamlardan biridir.
Ibrohim Jalolov
Redaktor