locale OZ

Kurash. Dushanbeda Osiyo chempionati oldidan xalqaro hakamlik seminari bo‘lib o‘tdi

Dushanbe shahrida start olayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionati oldidan tashkiliy ishlar qizg‘in pallaga kirdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Dushanbeda Osiyo chempionati oldidan xalqaro hakamlik seminari bo‘lib o‘tdi
photo: Kurash Uzbekistan

Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida start olayotgan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionati oldidan tashkiliy ishlar qizg‘in pallaga kirdi.

Bugun erta tongdan chempionat bellashuvlarini adolatli va yuqori professional darajada boshqarishni ta’minlash maqsadida xalqaro hakamlar uchun maxsus o‘quv-seminari tashkil etildi.

Mazkur seminar Xalqaro kurash instituti ekspertlari — IKA Bosh kotibi va institut Ilmiy bo‘limi boshlig‘i Muhammad Rizo Nassiri hamda IKA Texnik direktori va IKI xalqaro eksperti janob Ravi Kapur boshchiligida o‘tkazildi.

Seminar davomida IKI tomonidan maxsus ishlab chiqilgan yangi hakamlik videoqo‘llanmalari asosida kurash musobaqalarini baholash me’yorlari aniq misollar bilan ko‘rsatib berildi. Shuningdek, bahslar davomida Tanbeh, Dakki va Jazo qo‘llash prinsiplari hamda ularning o‘ziga xos jihatlari hakamlarga batafsil tushuntirildi.

Kunning ikkinchi yarmida kurash murabbiylari uchun ham amaliy o‘quv seminari o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting