Kurash. Buxorodagi Universal sport majmuasida kattalar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi
Buxoro shahridagi Universal sport majmuasida Kurash sport turi bo’yicha kattalar o’rtasidagi O’zbekiston chempionatining rasmiy ochilish marosimi bo’lib o’tdi.
Unda Buxoro viloyati prokurori Ulug'bek Aslonovich Xamdamov so’zga chiqib, polvonlar yurti bo’lgan Buxoro viloyati mezbonlik qilayotgan O’zbekiston chempionati kurash sportining dovrug’ini dunyoga tanitishda muhim ahamiyat kasb etishi, uning nufuzining oshishiga xizmat qilishini ta’kidlab, barcha sportchilarga g’alaba yor bo’lishini tiladilar.
Chempionatning ochilish marosimida O’zbekiston madhiyasi yangradi. Shundan so’ng, Estrada xonandalari o’z qo’shiqlari bilan tomoshabinlarga xush kayfiyat ulashdi.
Ushbu chempionatda Qoraqalpog’iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahridan jami 600 ga yaqin kurashchilar ishtirok etadi.
Erkaklar 8 ta va ayollar 8 ta vazn toifasida g’oliblik uchun bahs olib boradi. Yilning eng nufuzli musobaqalaridan biri bo’lgan mazkur chempionat g’oliblari 2026 yilda Yaponiyada bo’lib o’tadigan Osiyo o’yinlarida O’zbekiston sharafini himoya qiladi.