locale OZ

Kurash bo'yicha XV Osiyo chempionatining rasmiy logosi taqdim etildi

2026 yil 11–15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining rasmiy logosi tasdiqlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash bo'yicha XV Osiyo chempionatining rasmiy logosi taqdim etildi
photo: Kurash Uzbekistan

XV Osiyo chempionatining rasmiy logosi taqdim etildi.

2026 yil 11–15 iyun kunlari Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida o‘tkaziladigan kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining rasmiy logosi tasdiqlandi.

Musobaqaning yangi vizual timsoli milliy qadriyatlar, zamonaviy sport brendingi hamda kurash falsafasini o‘zida mujassam etgani bilan ahamiyatlidir. Logotip markazida kurash harakatini ifodalovchi minimalistik shakl joylashgan bo‘lib, u Tojikiston Kurash fedpsyaisining rasiy logotipi ham hisoblanadi.
Unda sportning dinamikasi, raqobat va hurmat tamoyillarini aks ettirilgan.

Shuningdek, kompozitsiyada Monument of Ismail Samani ramziy siluetidan foydalanilgani chempionat mezboni Dushanbe shahriga xos arxitektura va milliy ruhni ifoda etadi.
Logotipdagi “XV” belgisi chempionatning yubiley maqomini anglatsa, oltin uyg‘unligi musobaqaning nufuzi, yuksak saviyasi hamda Osiyo qit’asi sport hamjamiyati uchun ahamiyatini ta’kidlaydi.

Mazkur nufuzli qit’a chempionati Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi, Osiyo Kurash konfederatsiyasi hamda Tojikiston Kurash federatsiyasi hamkorligida tashkil etilmoqda. Bellashuvlar “Dushanbe Tennis Palace and Water Sport Complex” majmuasida bo‘lib o‘tadi.

Chempionat doirasida nafaqat medallar uchun bahslar, balki IKA xalqaro hakamlar seminari, 1–2 yulduzli hakamlik imtihonlari, Osiyo Kurash konfederatsiyasi Kongressi va boshqaruv qo‘mitasi yig‘ilishi ham tashkil etilishi rejalashtirilgan.

🖥Ayni kunlarda chempionat ishtirokchilarini ro‘yxatga olish davom etmoqda.
KSAga a’zo milliy federatsiyalar ishtirokchilarini “IKA Registration system” orqali ro‘yxatdan o‘tkazishlari so‘raladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting