locale OZ

Kurash bo‘yicha XV Osiyo chempionatiga start berildi

XV Osiyo chempionatida qit’aning 20 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar chempionlik va reyting ochkolari uchun kurash olib bormoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash bo‘yicha XV Osiyo chempionatiga start berildi
photo: Kurash Uzbekistan

Tojikiston Respublikasi poytaxti Dushanbe shahrida kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Osiyo chempionatining dastlabki bellashuvlariga start berildi.

Musobaqa bahslariga mezbonlik qilayotgan “Dushanbe Tennis Palace and Water Sport Complex” bugun haqiqiy sport bayrami muhitiga burkandi. Chempionat munosabati bilan bayramona bezatilgan zamonaviy sport majmuasiga yuzlab muxlislar tashrif buyurmoqda. 3500 nafar tomoshabinga mo‘ljallangan arenadan Osiyoning eng kuchli polvonlari ishtirokidagi qizg‘in bahslar o‘rin olmoqda.

Bugun chempionatning birinchi kun dasturi doirasida erkaklar o‘rtasida -60 kg, -66 kg, -73 kg va -81 kg, ayollar o‘rtasida esa -70 kg, -78 kg, -87 kg va +87 kg vazn toifalarida g‘olib va sovrindorlar nomi aniqlanadi.

XV Osiyo chempionatida qit’aning 20 ga yaqin davlatidan kelgan sportchilar chempionlik va reyting ochkolari uchun kurash olib bormoqda.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting