Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati uchun ro‘yxatdan o‘tish davom etmoqda
Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) barcha milliy federatsiyalarni Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Jahon chempionatida faol ishtirok etishga chorlaydi. 2026 yil 31 yanvar – 5 fevral kunlari bo‘lib o‘tadigan mazkur musobaqa yilning eng muhim va nufuzli Kurash tadbirlaridan biri hisoblanadi.
Jahon chempionati uchun ishtirokchilarni ro‘yxatga olish jarayoni 2025 yil 15 dekabrdan 2026 yil 10 yanvarga qadar Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining rasmiy “IKA Registration System” orqali amalga oshirilmoqda.
Ro‘yxatdan o‘tish jarayonida texnik muammolar yuzaga kelgan taqdirda, ishtirokchilar feedback aloqa pochtasi orqali murojaat qilishlari mumkin. Barcha so‘rovlarga 24/7 rejimida tezkor texnik yordam ko‘rsatilishi ta’minlanadi.
Ayni paytda Tashkiliy qo‘mita tomonidan chempionatni xalqaro talablar darajasida, yuqori saviyada o‘tkazish maqsadida keng ko‘lamli tayyorgarlik ishlari olib borilmoqda.
Chempionat doirasida xalqaro Kurash hakamlari va murabbiylari uchun maxsus seminarlar hamda imtihonlar tashkil etiladi. Mazkur dasturlar doirasida murabbiylar A va B toifalari, hakamlar esa 2 va 3 yulduz darajalari bo‘yicha imtihonlarda ishtirok etish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.
Vaqt juda kam qoldi. Kurash tarixida muhim o‘rin egallaydigan ushbu nufuzli musobaqaning bir qismiga aylanish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang.
XV Jahon chempionati — bu nafaqat musobaqa, balki Kurashning jahon miqyosidagi buyuk bayramidir.