locale OZ

Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati Eronning Bojnurd shahrida o‘tkaziladi

Jahon chempionati Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining amaldagi qoidalari asosida o‘tkaziladi hamda musobaqa natijalari bo‘yicha WSP reyting ochkolari taqdim etiladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati Eronning Bojnurd shahrida o‘tkaziladi
photo: Kurash Uzbekistan

Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasi (IKA) tashabbusi bilan 2026 yil 31 yanvar – 5 fevral kunlari Eron Islom Respublikasining Shimoliy Xuroson viloyati markazi — Bojnurd shahri Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Jahon chempionatiga mezbonlik qiladi.

Ushbu nufuzli musobaqa jahonning eng kuchli polvonlarini bir joyga jamlash barobarida, Kurashning xalqaro nufuzini yanada mustahkamlash, sport diplomatiyasi va madaniy muloqotni rivojlantirishga xizmat qiladi. Chempionat doirasida IKA Boshqaruv qumitasi yig‘ilishi, IKA Navbatdagi Kongressi, xalqaro hakamlar va murabbiylar seminarlari, antidoping bo‘yicha o‘quv mashg‘ulotlari ham tashkil etiladi.

Musobaqalar Bojnurd shahridagi “Alidokh” sport majmuasida bo‘lib o‘tadi. Tashkilotchi sifatida Eron Kurash Assotsiatsiyasi ishtirokchilar uchun yuqori darajadagi tashkiliy tayyorgarlik, xavfsizlik, logistika va zamonaviy infratuzilmani ta’minlash uchun ish olib bormoqda. Delegatsiyalar Mashhad xalqaro aeroporti orqali kutib olinadi va mahalliy transport bilan ta’minlanadi.

Jahon chempionati Xalqaro Kurash Assotsiatsiyasining amaldagi qoidalari asosida o‘tkaziladi hamda musobaqa natijalari bo‘yicha WSP reyting ochkolari taqdim etiladi.
Mazkur dunyo birinchiligiga IKAga a’zo bo‘lgan milliy federatsiyalar har bir vazn toifasida bitta sportchi bilan ishtirok etishi mumkin.

Ro‘yxatdan o‘tish 2025 yilning 15 dekabr kunidan 2026 yil 10 yanvar kuniga qadar davom etadi. Parvoz ma’lumotlarini (arrival deadline) taqdim etish muddati esa 2026 yil 20 yanvar kuni yakunlanadi.

Ro‘yxatdan o‘tish IKAning rasmiy onlayn tizimi orqali amalga oshiriladi.

Bojnurd shahri — boy tarixiy meros va zamonaviy sport infratuzilmasi uyg‘unlashgan hudud sifatida ishtirokchilar va mehmonlar uchun munosib sharoitlarni taklif etadi. XV Jahon chempionati Kurash tarixida yana bir muhim bosqich bo‘lib, sportimizning global taraqqiyoti yo‘lida yangi sahifa ochishi shubhasiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting