locale OZ

Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati Astana shahrida o‘tkaziladi

Joriy yilning 31 yanvar — 5 fevral kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnord shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Jahon chempionatini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati Astana shahrida o‘tkaziladi
photo: Kurash Uzbekistan

Kurash bo‘yicha XV Jahon chempionati Astana shahrida o‘tkaziladi

Joriy yilning 31 yanvar — 5 fevral kunlari Eron Islom Respublikasining Bojnord shahrida Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Jahon chempionatini o‘tkazish rejalashtirilgan edi.
Biroq mamlakatda yuzaga kelgan siyosiy vaziyat sabab musobaqa qoldirildi.
Endi mazkur nufuzli chempionatga Qozog‘iston Respublikasining poytaxti Astana shahri mezbonlik qiladi.

Bugun Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vazirligida mazkur nufuzli musobaqani yuqori saviyada tashkil etish masalalariga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda Qozog‘iston Respublikasi Turizm va sport vaziri Yerbol Mirzabosinov, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Vitse-prezidenti Ziyoviddin Xodjiniyazov, IKA Administratsiyasi rahbari Mansur Mirzayev hamda Qozog‘iston Kurash federatsiyasi prezidenti Andrey Borgens ishtirok etdi.

Uchrashuv davomida vazir Yerbol Mirzabosinov Kurash bugungi kunda jahon miqyosida jadal rivojlanayotgan zamonaviy sport turlaridan biriga aylanganini ta’kidlab, Qozog‘iston ushbu chempionatni eng yuqori darajada o‘tkazish uchun barcha imkoniyat va infratuzilmaga ega ekanini qayd etdi.

O‘z navbatida, Xalqaro Kurash assotsiatsiyasi Vitse-prezidenti Ziyoviddin Xodjiniyazov Qozog‘iston sportchilari xalqaro maydonlarda yuqori natijalarga erishayotganini alohida e’tirof etib, bu mamlakatda sport sohasida olib borilayotgan tizimli va izchil islohotlar samarasi ekanini ta’kidladi.

Kurash bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi XV Jahon chempionati joriy yil iyun oyi oxirida Astana shahrida bo‘lib o‘tadi. Musobaqani yuqori saviyada tashkil etish maqsadida tegishli tashkiliy qo‘mita tuzilib, tayyorgarlik ishlari boshlab yuborildi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting