Kurash bo‘yicha U-13 yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Kurash bo‘yicha U-13 yoshlar o‘rtasidagi O‘zbekiston kubogi g'olib va sovrindorlari aniqlandi
Joriy yilning 2-5-oktabr kunlari Jizzax viloyati Kurash mahorat maktabida kurash bo‘yicha U-13 kichik o‘smirlar o‘rtasida O‘zbekiston kubogi musobaqasi yuqori saviyada tashkil etilib, o‘z nihoyasiga yetdi.
Murosasiz va qizg‘in bahslarga boy tarzda o‘tgan musobaqada mamlakatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan iqtidorli yosh kurashchilar g‘oliblik uchun o‘zaro bellashdi. Unda jami 590 nafar yosh sportchi, jumladan, 365 nafar o‘g‘il bola va 225 nafar qiz bola ishtirok etib, o‘z vazn toifalarida kuch sinashdi.
Har bir bellashuvda g‘alaba uchun keskin kurash kechib, yosh sportchilar o‘zlarining salohiyati va kelajakda yuqori natijalarga erishish imkoniyatlarini ko‘rsatib berdi.
Yakunda g‘olib va sovrindorlar munosib taqdirlanib, ularga medal, diplom hamda esdalik sovg‘alari topshirildi.