locale OZ

Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida 13-Hindiston milliy chempionati bo‘lib o‘tdi

Hindiston Respublikasining Bihar shtati Patna shahrida bo‘lib o‘tgan chempionat yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida  13-Hindiston milliy chempionati bo‘lib o‘tdi
photo: Kurash Uzbekistan

Kurash bo‘yicha o‘smirlar o‘rtasida 13-Hindiston milliy chempionati bo‘lib o‘tdi.

Hindiston Respublikasining Bihar shtati Patna shahrida bo‘lib o‘tgan chempionat yuqori tashkiliy saviyada o‘tkazildi.

Uch kun davom etgan chempionatda mamlakatning 22 ta shtatidan kelgan terma jamoalar ishtirok etdi. Musobaqa doirasida 674 nafar sportchi bellashuvlarda qatnashib, Kurash sporti bo‘yicha o‘z tayyorgarlik darajasi va texnik imkoniyatlarini namoyish etdi.

Musobaqalar xalqaro Kurash qoidalari asosida o‘tkazilib, bellashuvlar jarayonida hakamlik faoliyatini 35 nafar malakali referi amalga oshirdi. Shuningdek, hakamlar tarkibini kengaytirish va malakasini oshirish maqsadida 22 nafar hakamlik imtihoni ishtirokchilari ham baholash va sinov jarayonlarida qatnashdi.

Chempionat davomida sportchilarning musobaqaga puxta tayyorgarligini ta’minlashda 69 nafar murabbiy faol ishtirok etdi.

IKA Texnik direktori, Hindiston Kurash federatsiyasi Prezidenti Ravi Kapurning ma’lum qilishicha:

Patna shahrida o‘tkazilgan mazkur chempionat Hindistonda Kurash sportini tizimli rivojlantirish, yoshlar o‘rtasida ushbu sport turini keng ommalashtirish, shuningdek, istiqbolli sportchilarni aniqlash va milliy terma jamoa zaxirasini shakllantirish yo‘lidagi muhim bosqich sifatida xizmat qiladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting