Kurash bo'yicha kattalar o’rtasidagi O’zbekiston kubogi musobaqasi oldidan mandat komissiyasining yig’ilishi bo’lib o’tdi
Navoiy shahridagi “So’g’diyona” sport majmuasida Kurash bo'yicha kattalar o’rtasidagi O’zbekiston kubogi musobaqasi oldidan mandat komissiyasining yig’ilishi bo’lib o’tdi.
Unda so’zga chiqqan O’zbekiston Kurash federatsiyasi bosh kotibi Alisher Eshonqulov, federatsiyaning sport direktori Sirojiddin Choriyev hamda Hakamlar hay’ati raisi Hikmat Qurtovlar so’zga chiqib murabbiy, hakam va kurashchilarga Odob-axloq kodeksi qoidalariga qat’iy rioya qilishlari hamda hakamlarga odilona hakamlik qilishlari aytib o'tildi.
Har yili an’anaviy tarzda o’tkazilib kelinayotgan kattalar o’rtasidagi O’zbekiston kubogi kurashchilarning kuch va mahoratlarini namoyish etishda muhima hamiyat kasb etishi ham mandate yig’ilishida e’tirof etildi.
Ta’kidlanganidek, “So’g’diyona” sport majmuasida kattalar o’rtasidagi O’zbekiston kubogi musobaqasini yuqori saviyada o’tkazish barcha tashkiliy ishlar yakuniga yetkazilgan.
Musobaqa oldidan kurashchilarning vazn o’lchash hamda qur’a tashlash jarayonlari ham bo’lib o’tdi.