Kurash. Belbogʻli kurash boʻyicha Oʻzbekiston chempionati yakunlandi
Bellashuvlar yakunida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Kurash Uzbekistan
Joriy yilning 1-4 aprel kunlari Nukus shahridagi Olimpiya va paralimpiya sport turlariga tayyorlash markazida belbog‘li kurash bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati bellashuvlari bo‘lib o‘tdi.
Ushbu chempionatda 300 nafarga yaqin polvonlar ishtirok etdi.
Murosasiz o‘tgan uch kunlik bellashuvlarda Muhammadyusuf Jakbaraliyev, Jamoliddin Ne’matullayev, Abutolib Mahkamov, Zaylobiddin Ortiqov, Diyorbek Polvonboyev, Sardorbek Sodiqjonov, Dilshodbek Oybekov, O‘rinboy Abdusamatov, Gulsanam Soliyeva, Manzuraoy Mo‘ydinova, Zemfira Azatova singari atletlar o‘z vazn toifalarida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.
Bellashuvlar yakunida kuchli uchlikdan joy olgan polvonlar diplom, medal va esdalik sovg‘alari bilan mukofotlanishdi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor