locale OZ

Kurash. Bahraynda ikkinchi kun yakuni bo'yicha O'zbekiston 4 ta vazn toifasi bo'yicha 4 ta oltin medalni qo'lga kiritdi

15 ta davlatdan 20 dan ortiq sportchilar kuch sinashdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kurash. Bahraynda ikkinchi kun yakuni bo'yicha O'zbekiston 4 ta vazn toifasi bo'yicha 4 ta oltin medalni qo'lga kiritdi
photo: Kurash Uzbekistan

Bahraynda bo'lib o'tayotgan Yoshlar o'rtasida 3-Osiyo O'yinlarining ikkinchi kunida kurash sport turi bo'yicha 2 ta (erkaklar 83 kg va ayollar 52 kg) vazn toifasida gilamga tushdi.

15 ta davlatdan 20 dan ortiq sportchilar kuch sinashdi.
52 kg vaznda O'zbekistonlik kurashchimiz 2009 yilda tug'ilgan Karimova Mubina Abdusaid qizi oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rin Hindiston, uchinchi o'rinlarni Eronlik va Turkmanistonlik kurashchilar egalladi.

83 kg vaznda yurtdoshimiz 2008 yilda tug'ilgan G'olibov Shoxjaxon Zavqiddinovich oltin medalni qo'lga kiritdi.
Ikkinchi o'rinni Eronlik, uchinchi o'rinni Afg'onistonlik va Hindistonlik kurashchilar egalladi.

Ikkinchi kun yakuni bo'yicha O'zbekiston 4 ta vazn toifasi bo'yicha 4 ta oltin medalni qo'lga kiritdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting