locale OZ

Kunni chiroyli ruhda yakunlab bergan Diyorbek Ruzmetov g‘alabani ustozlari bilan birga qarshi oldi

Bugungi bellashuvlar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli va sermahsul yakunlandi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kunni chiroyli ruhda yakunlab bergan Diyorbek Ruzmetov g‘alabani ustozlari bilan birga qarshi oldi
photo: Og'ir atletika

Diyorbek Ruzmetov ham og‘ir atletikachilarimizning muvaffaqiyatli yurishini davom ettirmoqda. -71 kg vazn toifasida bahslarda ishtirok etayotgan hamyurtimiz dast ko‘tarish yo‘nalishida 142 va 148 kg og‘irlikdagi toshlarni muvaffaqiyatli ko‘tarib, shohsupaning ikkinchi pog‘onasidan joy oladigan bo’ldi.

Bugungi bellashuvlar sportchilarimiz uchun muvaffaqiyatli va sermahsul yakunlandi. Musobaqada ishtirok etgan 3 nafar vakilimizning barchasi shohsupadan joy egallashdi.

Kun yakunlari bo‘yicha og‘ir atletikachilarimiz delegatsiyamiz hisobiga 1 ta oltin, 5 ta kumush va 1 ta bronza medallarini taqdim etishdi. Jami — 7 ta medal!

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting