Kosonsoyda shaxmat bo'yicha mamlakat chempionati bo'lib o'tdi
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan 70 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Фото: Спорт вазирлиги
Ijtimoiy himoya milliy agentligi, Sport vazirligi, O‘zbekiston ko‘zi ojizlar sport federatsiyasi hamda Namangan viloyati hokimligi hamkorligida ko‘zi ojiz va zaif ko‘ruvchi sportchilar o‘rtasida shaxmat bo‘yicha mamlakat chempionati o‘tkazildi.
Musobaqada yurtimizning turli hududlaridan kelgan 70 nafardan ziyod sportchilar ishtirok etdi.
Umumjamoa hisobida Namangan viloyati birinchi o‘rinni, Farg‘ona viloyati ikkinchi o‘rinni hamda Samarqand viloyati uchinchi o‘rinni egalladi.
“Mazkur chempionat nafaqat sport yoki mahoratni oshirish, balki do‘stlik, hamjihatlik va sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishda ham muhim ahamiyatga ega”, - deyiladi xabarda.
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist