locale OZ

Kosonsoyda kurash bo’yicha viloyat chempionati bo’lib o’tdi

Bu haqda Namangan viloyati sport  boshqarmasi axborot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kosonsoyda kurash bo’yicha viloyat chempionati bo’lib o’tdi
Фото: Наманган вилояти спорт бошқармаси

25-aprel kuni Kosonsoy tumani sport maktabida sportning kurash turi bo‘yicha 2013–2014 yillarda tug‘ilgan (U-13) kichik o‘smirlar va qizlar o‘rtasida Namangan viloyati chempionati bo‘lib o‘tdi.

Musobaqada viloyatimizning turli hududlaridan tashrif buyurgan yosh polvonlar gilamda o‘z mahoratlarini namoyon etdilar.

Bellashuvlar murosasiz va qizg‘in ruhda kechib, har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor imkoniyatini ishga soldi.

Yosh sportchilar o‘zlarining jismoniy tayyorgarligi, chaqqonligi va kurash uslublarini ko‘rsatib, tomoshabinlarga chiroyli bahslar ulashdilar.

Musobaqa yakunida g‘olib va sovrindorlar munosib ravishda taqdirlandi.

Ushbu chempionat yoshlar o‘rtasida milliy sportimiz — kurashni yanada rivojlantirish, iqtidorli sportchilarni aniqlash hamda ularni qo‘llab-quvvatlashda muhim ahamiyat kasb etdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting