locale OZ

Koreyaning Pusan shahrida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning 6-jahon konferensiyasi oʻtkazilmoqda

Konferensiya kun tartibidan 2027 yilda kuchga kirishi rejalashtirilgan yangi tahrirdagi Butunjahon antidoping kodeksi muhokamasi ham oʻrin olgan.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Koreyaning Pusan shahrida Butunjahon antidoping agentligi (WADA)ning 6-jahon konferensiyasi oʻtkazilmoqda
photo: sport vazirligi

Osiyo mintaqasida ilk bor oʻtkazilayotgan ushbu konferensiyada Oʻzbekiston Respublikasi Sport vaziri Adkham Ikramov hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligi direktori Abdushukur Sadikov ishtirok etmoqda.

Konferensiya kun tartibidan 2027 yilda kuchga kirishi rejalashtirilgan yangi tahrirdagi Butunjahon antidoping kodeksi muhokamasi ham oʻrin olgan.

Ushbu konferensiya doirasida WADA prezidenti Witold Banka bilan rasmiy uchrashuv oʻtkazilib, tadbir davomida 2026 yilning 26- 27 yanvar kunlari Oʻzbekistonda oʻtkaziladigan Mintaqaviy antidoping tashkiloti (RADOCA)ning yillik hisobot yig'ilishi hamda O‘zbekiston Milliy antidoping agentligining yangi binosi ochilishi kabi masalalar muhokama qilindi.

Sport vaziri shuningdek Xalqaro Olimpiya qo‘mitasi Prezidenti Kirsti Koventri hamda XOQ faxriy prezidenti Tomas Bax bilan norasmiy uchrashuv oʻtkazib, soha rivojiga doir masalalar yuzasidan muloqot oʻtkazdi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting