Koreya Open start oldi: O‘zbekistonlik taekvondochilar ilk kunda 2 ta medal yutib olishdi
Jahongir Xudoyberdiyev kumush, Sevinch Hayitova esa bronza medaliga sazovor bo‘ldi
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Rasm: Instagram
Bugun, 15 iyul kuni Koreya Respublikasining Chuncheon shahrida taekvondo WT bo‘yicha kattalar o‘rtasidagi G2 toifasidagi “2025 Chuncheon Korea Open” xalqaro turniri boshlandi. Musobaqaning birinchi kuni erkaklar 54 kg, 58 kg, 80 kg va +87 kg, ayollar esa 46 kg, 53 kg, 62 kg hamda 67 kg vazn toifalarida bellashishdi. O‘zbekiston terma jamoasidan 7 nafar sportchi dayangga chiqdi.
Natiajada Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg) kumush, Sevinch Hayitova (62 kg) esa bronza medalini qo‘lga kiritdi.
Medal sohiblari:
Kumush: Jahongir Xudoyberdiyev (54 kg)
Bronza: Sevinch Hayitova (62 kg)
Bellashuvlar ertaga davom etadi.
Bakradze Iman
Redaktor