locale OZ

Konor Makgregor va Maks Hollouey jangi chiptalari 4 daqiqada sotilib ketdi

Bu UFC tarixidagi mutlaq rekord.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor va Maks Hollouey jangi chiptalari 4 daqiqada sotilib ketdi
FOTO: Getty Images

Ikki vazn toifasida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor hamda amerikalik Maks Hollouey oʻrtasidagi jang uchun chiqarilgan chiptalar bor-yoʻgʻi 240 soniya ichida toʻliq sotib boʻlindi. Bu haqda taniqli AS nashri xabar bermoqda. Mazkur koʻrsatkich UFC tarixidagi mutlaq rekord natija sifatida qayd etildi.

Manbaning bergan maʼlumotlariga koʻra, «T-Mobile Arena»ning birinchi qatoridan joy olgan eng qimmat chiptalar narxi 43 ming dollardan oshgan. Yuqori minbarlardagi eng arzon chiptalar esa qariyb 600 dollarni tashkil etgan. Hozirda qayta sotuv bozorida eng arzon chiptalar bahosi 1500 dollardan boshlanmoqda.

Ushbu uzoq kutilgan qarama-qarshilik joriy yilning 12 iyul kuni AQShning Las-Vegas shahrida (Nevada shtati) boʻlib oʻtadigan «UFC 329» turnirining markaziy jangi boʻladi.

Eʼtiborli jihati, Makgregor uchun mazkur jang deyarli toʻrt yillik tanaffusdan keyingi ilk rasmiy chiqish boʻladi. Irlandiyalik jangchi soʻnggi bor 2021 yilning iyul oyida oʻtkazilgan «UFC 264» turnirida oktagonga koʻtarilgan edi. Oʻshanda u dastlabki raunddayoq oyogʻidan ogʻir jarohat olib, Dastin Porega texnik nokaut evaziga imkoniyatni boy bergan edi.

Maʼlumot oʻrnida, Konor Makgregor professional aralash yakkakurashlardagi faoliyatini 2008 yilda boshlagan boʻlib, 2013 yildan buyon UFC shafeligida jang qilib keladi. U faoliyati davomida yarim yengil (65 kg gacha) va yengil (70 kg gacha) vazn toifalarida UFC chempionlik kamarlarini qoʻlga kiritgan.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting