Konor Makgregor qachon va kimga qarshi jang qilishi maʼlum boʻldi — manba
Nufuzli kanadalik jurnalist va insayder Ariel Xelvani o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida UFC rahbariyati ayni damda yarim yengil va yengil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik Konor Makgregor hamda 66 kg gacha bo‘lgan vaznda sobiq chempion, amerikalik Maks Hollouey o‘rtasida jang tashkil etishni rejalashtirayotganini ma’lum qildi.
Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu to‘qnashuv Xalqaro jang haftaligi doirasida, 11 iyul kuni bo‘lib o‘tadigan UFC 329 turnirida o‘tkaziladi.
Irlandiyalik sportchi 2021 yil iyul oyidan beri aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazmadi. O‘shanda u UFC 264 turnirida yengil vaznda vaqtinchalik UFC kamari sohibi, amerikalik Jastin Poryega birinchi raundda texnik nokaut (oyog‘idan olgan jarohati sabab) bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Uning professional rekordida jami 22 ta g‘alaba va 6 ta mag‘lubiyat qayd etilgan.
Maks Hollouey esa 34 yoshda. U professional darajadagi debyutini 2010 yilning sentyabr oyida amalga oshirgan. «Blessed» laqabi bilan mashhur bo‘lgan jangchining hisobida 27 ta g‘alaba (shundan 14 tasi muddatidan oldin) va 9 ta mag‘lubiyat mavjud.