locale OZ

Konor Makgregor navbatdagi janggini sobiq UFC chempioniga qarshi oʻtkazadi — manba

Irlandiyalik sportchi 2021 yildan buyon janglarda ishtirok etmayapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor navbatdagi janggini sobiq UFC chempioniga qarshi oʻtkazadi — manba
FOTO: Getty Images

Taniqli kanadalik jurnalist va insayder Ariel Xelvani o‘z ko‘rsatuvida xabar berishicha, UFC’ning ikki vazn toifasidagi sobiq chempioni, 37 yoshli irlandiyalik Konor Makgregor navbatdagi jangini 66 kg vazn toifasidagi sobiq chempion, amerikalik Maks Holloueyga qarshi o‘tkazadi.

Mavjud ma’lumotlarga ko‘ra, aynan Maks Konorning bo‘lajak jangi uchun eng ehtimoliy nomzod bo‘lib turibdi. Shu bilan birga, Xorxe Masvidal Makgregor uchun potensial raqiblar ro‘yxatida yo‘q. Irlandiyalik sportchining qaytishi 11 iyul kuni Las-Vegasda bo‘lib o‘tadigan UFC 330 turniriga rejalashtirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Konor Makgregor 2021 yilning iyulidan buyon MMAdagi chiqishlarini to‘xtatib qo‘ygan edi. O‘shanda u UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Poryega qarshi bahsning birinchi raundida oyog‘idan olgan jarohati sababli texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Uning professional rekordi 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatni tashkil etadi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting