locale OZ

Konor Makgregor Maks Xolloueyga tahdid qildi: «U mutlaqo boshqa yirtqichga ro‘baro keladi»

Tomonlar oʻrtasidagi toʻqnashuv 12-iyul kuni boʻlib oʻtadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor Maks Xolloueyga tahdid qildi: «U mutlaqo boshqa yirtqichga ro‘baro keladi»
FOTO: Getty Images

Yarim yengil va yengil vazn toifalarida sobiq UFC chempioni, irlandiyalik mashhur jangchi Konor Makgregor AQShning Las-Vegas shahrida bo‘lib o‘tadigan «UFC 329» turniri doirasidagi Maks Xolloueyga qarshi jang oldidan o‘z g‘alabasiga ishonchi komilligini ma’lum qildi.

Shuningdek, u raqibini har tomonlama xavfli ekanligidan ogohlantirdi. Mazkur jang 12-iyul kuni o‘tkazilishi belgilangan.

«Men ancha tajribaliman. Hech kim men bilan bitta oktagonda qolishni istamaydi. Men har qanday holatda ham xavfliman. Sizni istalgan vaziyatdan nokautga uchratishim mumkin va aynan shuni rejalashtiryapman. Maks Xollouey oldida mutlaqo boshqa yirtqich turibdi. U buni to‘liq his qiladi», — deya Makgregorning so‘zlarini keltirmoqda X ijtimoiy tarmog‘idagi Championship Rounds sahifasi.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting