locale OZ

Konor Makgregor iyul oyida oktagonga qaytishi mumkin — manba

Irlandiyalik sportchi 2021 yildan buyon janglarda ishtirok etmayapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor iyul oyida oktagonga qaytishi mumkin — manba
FOTO: Getty Images

Nufuzli kanadalik jurnalist va insayder Ariel Xelvani UFC sobiq chempioni, 37 yoshli irlandiyalik Konor Makgregorning promoushen rahbariyati bilan o‘tkazgan so‘nggi uchrashuvi muvaffaqiyatli o‘tganini ma’lum qildi. Muzokaralar iyul oyi boshida bo‘lib o‘tadigan Xalqaro janglar haftaligi (International Fight Week) doirasidagi turnirda Konorning qaytishiga bag‘ishlangan.

«Konor 11 iyul kuni jang o‘tkazmasligi uchun qandaydir dahshatli voqea sodir boishi kerak. Hozirda uning qaytishi UFC uchun har qachongidan ham ko‘proq zarur», — dedi Xelvani o‘zining The Ariel Helwani Show ko‘rsatuvida.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik sportchi 2021 yilning iyulidan buyon aralash yakkakurash (MMA) qoidalari bo‘yicha jang o‘tkazmayapti. O‘shanda u UFC 264 turnirida amerikalik Dastin Porega qarshi bahsning birinchi raundida oyog‘idan olgan jarohati tufayli texnik nokaut bilan mag‘lub bo‘lgan edi. Konor Makgregorning professional rekordi 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatdan iborat.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting