locale OZ

Konor Makgregor 2026 yilda UFCning eng ko‘p tekshirilgan jangchisiga aylandi

Irlandiyalik sportchi 2021 yildan beri janglarda ishtirok etmayapti.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Konor Makgregor 2026 yilda UFCning eng ko‘p tekshirilgan jangchisiga aylandi
FOTO: Getty Images

Ikki vazn toifasida UFC sobiq chempioni, 37 yoshli irlandiyalik sportchi Konor Makgregor 2026 yil boshidan buyon Shimoliy Amerika tashkilotining eng ko‘p doping-test topshirgan jangchisi bo‘lib turibdi. Bu haqda UFC jangchilaridan olingan doping-testlar bo‘yicha rasmiy sayt ma’lumot tarqatdi.

E’lon qilingan statistikaga ko‘ra, 2026 yilning o‘tgan davri mobaynida jami 597 nafar jangchi doping-nazoratidan o‘tkazilgan bo‘lib, jami 771 ta namuna yig‘ilgan. Joriy yilda 54 nafar sportchi ikki marta doping-test topshirgan bo‘lsa, faqatgina Konor Makgregor yil boshidan buyon uch bor ushbu jarayondan o‘tgan yagona jangchi bo‘lib turibdi.

Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik sportchi 2021 yilning iyul oyidan buyon aralash yakkakurash qoidalari bo‘yicha janglarda ishtirok etmayapti. U so‘nggi bor UFC 264 turnirida yengil vazn toifasidagi sobiq vaqtinchalik chempion, amerikalik Dastin Poryega qarshi oktagonga ko‘tarilgan edi.

O‘shanda Makgregor birinchi raundda oyog‘idan olgan jarohati tufayli texnik nokaut bilan mag‘lubiyatga uchragan. Hozirgi vaqtda Konor Makgregorning professional rekordi 22 g‘alaba va 6 mag‘lubiyatni tashkil etmoqda.

Nasrullo Karimov
Nasrullo Karimov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting