locale OZ

Koneru Nomzodlar turniridan chiqdi: uning o‘rnini Muzychuk egallaydi

Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, qur'a natijalari o‘zgarishsiz qoladi, faqatgina Muzychuk Koneruning o‘rnini egallaydi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Koneru Nomzodlar turniridan chiqdi: uning o‘rnini Muzychuk egallaydi
photo: Chess Uzbekistan

Humpy Koneru FIDE ayollar Nomzodlar turniri–2026da ishtirok etmaslik haqida rasman qaror qabul qildi.

“Chuqur o‘ylab, qiyin qarorga keldim — turnirdan chiqaman. Hech qanday musobaqa shaxsiy xavfsizlik va farovonlikdan ustun bo‘la olmaydi. Berilgan kafolatlarga qaramay, hozirgi vaziyatda o‘zimni to‘liq xavfsiz his qilmayapman”

Uning so‘zlariga ko‘ra, bu qaror oson bo‘lmagan:

“Bu og‘ir, lekin zarur qaror. So‘nggi haftalarda bu masalani yaqinlarim bilan ko‘p muhokama qildim va vaziyatni diqqat bilan kuzatdim. Shunday sharoitda o‘ynash menga noqulay tuyuldi.”

Koneru, shuningdek, FIDE qarorini ham tanqid qildi:

“Men turnir boshqa muddatga ko‘chiriladi deb umid qilgandim. Bu turnir uchun yillar davomida mehnat qildim, lekin bunday vaziyatda o‘zimni xavf ostiga qo‘yishning ma’nosi yo‘q.”

FIDE reglamentiga ko‘ra, uning o‘rnini Anna Muzychuk egallaydi. Tashkilotchilar ma’lum qilishicha, qur'a natijalari o‘zgarishsiz qoladi, faqatgina Muzychuk Koneruning o‘rnini egallaydi.

Koneru hatto ehtimoliy 10 000 yevro jarima haqida ham fikr bildirdi:

“Agar faqat pul haqida o‘ylasangiz, to‘g‘ri qaror qabul qila olmaysiz. Men uchun bu — xavfsizlik masalasi.”

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting