Kokushikandagi mashg‘ulotlar yakunlandi, navbat Tokaiga!
Endi dzyudochilarimiz 19-24 yanvar kunlari oralig‘ida Tokai universitetida mashg‘ulotlarni davom ettirishadi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
photo: Dzyudo Uzbekistan
Shu kunlarda O‘zbekiston erkaklar terma jamoasi Yaponiya poytaxti Tokio shahrida xalqaro o‘quv-mashg‘ulot yig‘inida ishtirok etmoqda.
Terma jamoa bosh murabbiyi Aleksey Budolin boshchiligida dzyudochilarimiz bir hafta davomida Kokushikan universiteti qoshidagi dzyudo markazida Yaponiya va Turkiya terma jamoalari bilan birgalikda o‘tkazilgan mashg‘ulotlarda ishtirok etishdi. Bugun Kokushikandagi yig‘in yakuniga yetdi.
Endi dzyudochilarimiz 19-24 yanvar kunlari oralig‘ida Tokai universitetida mashg‘ulotlarni davom ettirishadi. Kunchiqar yurtdagi so‘nggi yig‘in 24-30 yanvar kunlari oralig‘ida Nixon Universiteti qoshidagi dzyudo markazida tashkil etiladi.
Ibrohim Jalolov
Redaktor