locale OZ

Klassik shaxmatda katta o‘zgarish: partiyalar vaqti qisqarishi mumkin

FIDE Bosh assambleyasi klassik shaxmatda vaqt nazoratini qisqartirish bo‘yicha Islandiya shaxmat federatsiyasi taklifini 33 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Klassik shaxmatda katta o‘zgarish: partiyalar vaqti qisqarishi mumkin
photo: Chess Uzbekistan

Klassik shaxmatda katta o‘zgarish: partiyalar vaqti qisqarishi mumkin.

FIDE Bosh assambleyasi klassik shaxmatda vaqt nazoratini qisqartirish bo‘yicha Islandiya shaxmat federatsiyasi taklifini 33 ta ovoz bilan qo‘llab-quvvatladi.

Nimalar o‘zgarishi mumkin?

60+30 — har bir o‘yinchiga 60 daqiqa va har yurish uchun 30 soniya qo‘shiladi. Bu formatdan maxsus ruxsatsiz foydalanishga yo‘l ochilishi rejalashtirilmoqda.

45+30 — ayrim turnirlarda, jumladan FIDE Circuit musobaqalarida ham qo‘llanishi mumkin.

Islandiya federatsiyasi bir kunda 3 tur o‘tkazishga ham ruxsat berishni taklif qilgan.

Ammo bu qoidalar hali kuchga kirgani yo‘q. Yakuniy o‘zgarishlarni FIDE Kengashi tasdiqlashi kerak. Hozircha titul va norma beriladigan turnirlar uchun kuniga ko‘pi bilan ikki tur o‘tkazish cheklovini saqlash rejalashtirilmoqda.

O‘zgarishlarning maqsadi — klassik turnirlarni qisqaroq muddatda o‘tkazish va tashkiliy xarajatlarni kamaytirish.

Sizningcha, klassik shaxmatda vaqtni qisqartirish to‘g‘ri qarormi yoki bu o‘yin sifatiga salbiy ta’sir qiladimi?

Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting