locale OZ

«Klassik» kurashchilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi

Bu haqda Milliy Olimpiya qo'mitasi matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
«Klassik» kurashchilarimiz jahon chempionatida umumjamoa hisobida uchinchi boʻlishdi
Фото: Olympic.uz

Sport kurashlari boʻyicha U20 yosh toifasidagi jahon chempionatida navbatdagi kun bahslari ortda qoldi. Slovakiyada tashkil etilayotgan chempionatning ortda qolgan kunida sportchilarimiz 2 ta kumush va 1 ta bronza medallariga sazovor boʻlishdi.

Kumush medal:
-60 kg: Dostonbek Oripov
-53 kg: Sohibjamol Esboʻsinova

Bronza medal:

-50 kg: Nilufar Nurmuhammadova

Yunon-rum kurashi bahslarining yakuniga koʻra, hamyurtlarimiz 95 ochko bilan umumjamoa hisobida Rossiya va Erondan keyin uchinchi oʻrinni qoʻlga kiritishdi.

Bugun kechki dasturda qizlarimizdan Muhayyo Narzilloyeva -65 kg vazn toifasida final bahsini oʻtkazsa, Feruza Kayratdinova (-62 kg) bronza medali uchun kurash olib boradi. Shuningdek, kun davomida erkin va ayollar kurashi bahslarida yana 3 nafar sportchimiz saralash bosqichida qatnashishadi.

Final:
-65 kg: Muhayyo Narzilloyeva – Margarita Salnazaryan (Rossiya)

Bronza medali uchun:
-62 kg: Feruza Kayratdinova / Ozdenur Ozmez (Turkiya) – Yifan Chju (Xitoy)

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting