locale OZ

Kikboksing. Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan jizzaxlik kikbokschilar taqdirlandi

Jizzax viloyatida sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida yosh sportchilar xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kikboksing. Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan jizzaxlik kikbokschilar taqdirlandi
photo: kikboksing Uzbekistan

Xalqaro maydonda muvaffaqiyat qozongan jizzaxlik kikbokschilar taqdirlandi.

Jizzax viloyatida sport sohasiga qaratilayotgan e’tibor natijasida yosh sportchilar xalqaro maydonlarda yuksak natijalarni qo‘lga kiritmoqda.

2026-yil 11–15 fevral kunlari o‘tkazilgan O‘zbekiston chempionatida viloyatdan 40 nafardan ortiq kikbokschi ishtirok etib, jami 30 ta medalni qo‘lga kiritdi.

Shuningdek, 7–12 aprel kunlari Tailandning Bangkok shahrida bo‘lib o‘tgan Jahon kubogida 5 nafar jizzaxlik sportchi ishtirok etib, 3 ta oltin, 1 ta kumush va 1 ta bronza medalini qo‘lga kiritdi.

Yuqori natijalarni qayd etgan sportchilar viloyat hokimi nomidan munosib taqdirlandi. Bu yutuqlar Jizzaxda sportga berilayotgan e’tibor va yoshlarning salohiyati yuksak ekanini yana bir bor tasdiqladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting