locale OZ

Kikboksing: «Samarkand Open» turniri o‘tkazildi

Samarqand davlat universiteti akademik litseyida sportning kikboksing turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Samarkand Open” turniri yuqori saviyada tashkil etildi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
 Kikboksing: «Samarkand Open» turniri o‘tkazildi
photo: kikboksing Uzbekistan

Samarqand davlat universiteti akademik litseyida sportning kikboksing turi bo‘yicha o‘smirlar va yoshlar o‘rtasida “Samarkand Open” turniri yuqori saviyada tashkil etildi.

Turnirda yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etdilar. Ringda kechgan bahslar murosasiz va qizg‘in kurashlarga boy bo‘ldi. Har bir ishtirokchi g‘alaba uchun bor kuch va imkoniyatlarini ishga solib, texnik va taktik tayyorgarligi, chaqqonligi hamda mahoratini namoyish etdi. Musobaqa jarayonlari malakali hakamlar tomonidan kuzatib borilib, belgilangan sport qoidalari asosida adolatli va shaffof tarzda o‘tkazish taʼminlandi.

Tadbir davomida sport murabbiylari, tashkilotchilar va mehmonlar tomonidan yoshlarni sportga keng jalb etish, kikboksingning ommaviyligini oshirish hamda iqtidorli sportchilarni aniqlab, ularning professional faoliyatini qo‘llab-quvvatlash muhimligi alohida ta’kidlandi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting