locale OZ

Kikboksing. Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyalari tashkiloti - WAKO Prezidenti Roy Beyker tashrif buyurdi

Uchrashuv davomida mazkur sport turini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar keng muhokama qilindi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kikboksing. Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyalari tashkiloti - WAKO Prezidenti Roy Beyker tashrif buyurdi
photo: sport vazirligi

Sport vazirligida Butunjahon Kikboksing assotsiatsiyalari tashkiloti - WAKO Prezidenti Roy Beyker, vazir o‘ribosari Shaxrillo Maxmudov hamda O‘zbekiston Kikboksing assotsiatsiyasi rahbariyati ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, bugungi kunda yurimizda kikboksing sport turi faol tarzda rivojlanib bormoqda. Mamlakatimizda ushbu sport bilan shug‘ullanuvchilar soni yigirma ming nafardan ortiqni tashkil etadi.

O‘tkazilayotgan xalqaro musobaqalarda ham kikboksingchilarimiz vatanimiz sharafini munosib himoya qilib kelishmoqda. Uchrashuv davomida mazkur sport turini yanada rivojlantirish borasida amalga oshirilishi lozim bo‘lgan masalalar keng muhokama qilindi.

Shuningdek, WAKO Prezidenti Roy Beyker Davlatimiz rahbari tashabbusi asosida bunyod etilgan Olimpiya shaharchasi hududida joylashgan sport inshootlari bilan yaqindan tanishdi. Martabali mehmon bu kabi noyob sport majmualari O‘zbekistonda sportni yanada rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etishini ta’kidladi.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting