locale OZ

Keldiyorova tashkil etgan dzyudo klubi «Eng yaxshi bolalar loyihasi» deb topildi

Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Keldiyorova tashkil etgan dzyudo klubi «Eng yaxshi bolalar loyihasi» deb topildi
Фото: O'zbekiston Dzyudo Federatsiyasi

Diyora Keldiyorova asos solgan bolalar dzyudo klubi International Judo Federation (IJF) tomonidan “Bolalar uchun eng yaxshi loyiha” deb e’tirof etildi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

Taqdirlash marosimi Paris Grand Slam doirasida bo‘lib o‘tdi. Unda IJF 2025-yil laureatlarini e’lon qildi va Keldiyorova tashkil etgan klub alohida mukofotga sazovor bo‘ldi.

Eslatib o‘tamiz, Keldiyorova 2024-yil 28-iyul kuni Parijda o‘tgan Yozgi Olimpiada o‘yinlarida tarixiy natija qayd etgan edi. U finalda esa kosovolik Distriya Krasnichini yengib, Olimpiya chempioniga aylandi.

Shu tariqa, u dzyudo bo‘yicha jahon chempionatida kumush, Olimpiadada esa oltin medal qo‘lga kiritgan ilk o‘zbekistonlik ayol sportchi sifatida tarixga kirdi.

Roziqjon Sultonmurodov
Roziqjon Sultonmurodov
Jurnalist
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting