Kazemiro Messining jamoadoshiga aylanishi mumkin
Kazemiro “Manchester Yunayted”dan “Inter Mayami” safiga o‘tishga yaqin. Bu haqda insayder Fabrizio Romano xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, Amerika klubi bir necha oydan beri braziliyalik yarim himoyachi transferi bo‘yicha muzokaralarning yakuniy bosqichida turibdi. Futbolchining o‘zi ham faoliyatini aynan MLSda davom ettirishni istamoqda va Angliyadagi mavsum yakunlangandan so‘ng “Inter Mayami” bilan shartnoma imzolashni rejalashtirmoqda.
Qayd etilishicha, Kazemiro dastlab mavsumni “Manchester Yunayted” safida yakunlashni rejalashtirgan, shundan keyin esa Lionel Messi to‘p surayotgan jamoadan o‘tishni ko‘zlamoqda.
Joriy mavsumda 34 yoshli yarim himoyachi barcha musobaqalarda 35 ta o‘yinda ishtirok etib, 9 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.