locale OZ

Kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati joriy yilning noyabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan

O‘zbekiston dzyudo federatsiyasi rasmiy ma’lumot berdi.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati joriy yilning noyabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan
photo: judouz

Hurmatli murabbiylar, sportchilar!!!

Kattalar o‘rtasidagi O‘zbekiston chempionati joriy yilning noyabr oyida Buxoro shahrida o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Shu munosabat bilan, chempionatda ishtirok etishni istagan sportchilar uchun hal etuvchi reglament talablarini eslatib o‘tamiz — ular xalqaro qoidalar va Federatsiyaning ichki Nizomiga asoslangan.

Ishtirok etish bo‘yicha cheklovlar

Xalqaro dzyudo federatsiyasi (IJF)ning Sport and Organisation Rules (SOR) qoidabuzarliklar bo‘yicha 4.1-bandda shunday deyiladi:

IJF reytinglaridan joy olgan sportchilar (kadetlar, yoshlar, kattalar) boshqa yakkakurash turlari bo‘yicha xalqaro musobaqalarda ishtirok etish huquqiga ega emaslar, modomiki bu uchun IJF tomonidan rasmiy ruxsat berilmagan bo‘lsa.

Shu bilan birga, O‘zbekiston dzyudo federatsiyasining ichki reglamentiga muvofiq, chempionatda ishtirok etmoqchi bo‘lgan sportchilarga quyidagilar qat’iyan man etilgan:

— turdosh sport turlari (kurash, sambo, greppling va h.k.)da ishtirok etish,

— to‘y kurashlarida, ommaviy bellashuvlarda yoki rasmiy bo‘lmagan musobaqalarda qatnashish.

Bu cheklovlar chempionatgacha bo‘lgan butun tayyorgarlik davriga taalluqlidir.

Qoidalarni buzish uchun javobgarlik

Qoidabuzarlik holatida sportchiga diskvalifikatsiya qo‘llaniladi:

Birinchi marta — 2 oy IJF va qit’a ittifoqi musobaqalaridan chetlashtirish (jumladan yig‘inlar va musobaqalar),

Ikkinchi marta — 2 yilga diskvalifikatsiya.

Bundan tashqari, sportchi O‘zbekiston chempionatida ishtirok etish huquqini yo‘qotadi, u qanday darajada bo‘lishidan qat’i nazar.

Barcha murabbiylar va sportchilar ushbu talablarga qat’iy amal qilishlarini iltimos qilamiz.

Chempionatga tayyorgarlik IJF talablari va tasdiqlangan uslub asosida olib borilishi lozim.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting