locale OZ

Katta dzyudo bayrami ishtirokchilari Termizda qarshi olinmoqda

Ma'lumot uchun, barcha hududlaridan keladigan dzyudochilar 4 ta vazn (-66, -73, -90, +90 kg) toifasida g‘oliblik uchun tatamiga chiqadilar.
Boshqa sport turlari
Sports24.uz'ni Google'ga qo'shish
Katta dzyudo bayrami ishtirokchilari Termizda qarshi olinmoqda
photo: Dzyudo Uzbekistan

Xabar berganimizdek, polvonlar yurti Surxondaryoda 9 may - Xotira va qadrlash kuniga bag‘ishlangan musobaqa bo'lib o'tadi.

Erta tongda ishtirokchilarning bir guruxi Termiz xalqaro aeroportida tantanali ravishda kutib olindi. Mehmonlar orasida Olimpiya o'yinlari sovrindorlari Davlat Bobonov, Alisher Yusupov, Muzaffarbek To'raboyev, xalqaro musobaqalar g'olib va sovrindori Shahram Ahadov singari taniqli dzyudochilarimizni ko'rish mumkin.

Ma'lumot uchun, barcha hududlaridan keladigan dzyudochilar 4 ta vazn (-66, -73, -90, +90 kg) toifasida g‘oliblik uchun tatamiga chiqadilar. To‘xta bobo Qodirov xotirasiga bag‘ishlab o‘tkazib kelinayotgan turnirning bu yilgi mutlaq vazn (+90 kg) toifasidagi g‘olibi bosh sovrin - "Cobalt" avtomobili egasiga aylanadi.

Barcha muxlislarni 8 may kuni Jarqo‘rg‘on tumani "Nurli diyor" mahallasida bo‘lib o‘tadigan katta dzyudo bayramiga taklif etamiz.

Ibrohim Jalolov
Ibrohim Jalolov
Redaktor
Sports24.uz Bizni kuzating
Asosiy voqealarni kuzatib boring! Yangiliklar, natijalar va sportdagi eng yorqin lahzalar. Kuzating va eng muhim voqealardan xabardor bo'ling!
Izohlar
Izoh qoldirish uchun ro'yxatdan o'ting