“Katta Dubulğa”ning ikkinchi kuni: tatamida muhim sinovlar
Mo‘g‘uliston poytaxti Ulan-Batorda o‘tayotgan nufuzli “Katta Dubulğa” turnirining ikkinchi kuni boshlandi. Bugun tatamiga chiqqan sportchilar medallar bilan birga xalqaro reyting uchun muhim ochkolarni ham qo‘lga kiritish uchun kurashadilar.
Erkaklar -73 kg va -81 kg, ayollar -63 kg va -70 kg vazn toifalarida bahslar o‘tkazilmoqda. O‘zbekiston sharafini bugun Hojiakbar Toshev, Murodjon Yo‘ldoshev va Amirbek Aminov himoya qiladi. Mutaxassislar ushbu sportchilardan yuqori natijalar kutmoqda.
Jangovar ruhda o‘tadi deb kutilgan janglarda yurtdoshlarimizga quyidagi raqiblar to‘g‘ri keladi:
• -73 kg: Hojiakbar Toshev o‘z birinchi bahsini Gruziyalik Mate Beruashvili yoki Xitoy sportchisi Lin Gaohuega qarshi o‘tkazadi.
• -81 kg: Murodjon Yo‘ldoshevga IJF nomidan Abdul-Kerim Tasuev yoki Qirg‘iziston vakili Almazjon uulu Tegin raqib bo‘ladi.
• -81 kg: Amirbek Aminov esa Gruziyalik Kote Kapanadze bilan kuch sinashadi.
Bu bellashuvlardagi har bir g‘alaba nafaqat medal, balki kelgusida Olimpiada yo‘llanmalari uchun zarur bo‘lgan reyting ochkolarini ham ta’minlab beradi.
Dzyudochilarimizga omad va zafarlar tilaymiz! Ular yurtimiz sharafini munosib himoya qiladi, degan umiddamiz.